Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar hamda jismoniy shaxslarga bank hisobvaraqlari ochish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha belgilangan talablar ta’minlanmaganligi uchun 6 ta bank, 3 ta lombard va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Shuningdek, to‘lov tizimi operatori va to‘lov tashkilotlari tomonidan ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirilishi hamda tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartirilishi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi uchun 1 ta to‘lov tizimi operatori va 3 ta to‘lov tashkiloti chora hamda sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.