Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Markaziy bank sentyabr oyida 8 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank sentyabr oyida 8 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi sentyabr oyidagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan oy davomida qo‘mita 8 marta yig‘ilish o‘tkazib, jami 37 ta masalani ko‘rib chiqqan va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilgan.

Ularning 21 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish, 16 tasi esa kredit hamda to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holati bilan bog‘liq bo‘lgan.

Shuningdek, sentyabr oyida prudensial me’yorlar va qonunchilik talablariga rioya qilmagani, inspeksiya tekshiruvlarida qoidabuzarliklar aniqlangani sababli 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llangan.

Kiritildi: 22:34 12.10.2026. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!