Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Markaziy bank firibgarlardan ogohlantirdi

Markaziy bank firibgarlardan ogohlantirdi

Bugungi kunda firibgarlar messenjerlar orqali fuqarolarga Markaziy bankning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborib, ularning mobil qurilmalariga zararli ilovalarni o‘rnatishga urinishmoqda.

Mazkur soxta hujjatlarda go‘yoki fuqaroning mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash uchun “moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis” tomonidan ayrim amallar bajarilishi to‘g‘risidagi yolg‘on axborot ko‘rsatilgan.

Bu orqali “mutaxassis” niqobi ostidagi firibgar fuqaroning mobil qurilmasiga zararli ilovani (xususan, “Bezopasnost” nomli) o‘rnatish orqali ushbu qurilmadagi rasm va hujjatlar, SMS-xabarlar va qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarni yashirin tarzda qo‘lga kiritadi.

“Yuqoridagi kabi holatlarga duch kelsangiz, firibgarlarning aldovlariga aslo ishonmang, ilovalarni esa messenjerlar orqali emas, balki rasmiy Google Play va App Store do‘konlaridan o‘rnating”, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Kiritildi: Bugun 19:10. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!