Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Erkin Mansurov qo‘lga olindi

A A A
Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Erkin Mansurov qo‘lga olindi

Bugun.uz manbasiga ko‘ra, Markaziy bankning Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Mansurov Erkin Muxtorovichga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Unga nisbatan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda mansab soxtakorligi moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Erkin Mansurov Jinoiy guruhlar bilan til biriktirib, noqonuniy kredit ajratishga yordam bergan va juda katta miqdorda – 20 million dollardan ortiq pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ishtirok etgan.

Erkin Mansurov 2012 yildan 2021 yilgacha «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat bankining Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelgan. 2021 yilda Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

U 1979 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini «Paxtabank» (hozirgi Agrobank) Buxoro viloyati filialidan boshlagan. Keyinchalik Markaziy bank Buxoro viloyat bosh boshqarmasiga o‘tib, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 13:20 19.12.2023. O'qildi: 3076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!