Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Markaziy bank asosiy stavkani 14%da saqlab qoldi: inflyasiya pasayishda davom etmoqda

Markaziy bank asosiy stavkani 14%da saqlab qoldi: inflyasiya pasayishda davom etmoqda

Markaziy bank boshqaruvining 2025 yil 11 dekabrdagi yig‘ilishi yakunlari:

🗣Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

🗣Inflyasiya pasayishda davom etmoqda: noyabrda umumiy inflyasiya yillik — 7,5%, bazaviy inflyasiya — 6,3%.

🗣2025 yil yakuniga inflyasiya prognozi 7,3% ga pasaytirildi.

🗣2026 yil inflyasiya prognozi 6,5% atrofida.

🗣Iqtisodiy o‘sish yuqori: yil yakuni bo‘yicha 7–7,5% kutilmoqda.

🗣Taklif omillari bo‘yicha xatarlar saqlanmoqda (oziq-ovqat taklifi, transport narxlari va tartibga solinadigan narxlar indeksasiyasi).

🗣Inflyasiya va inflyasion kutilmalar pasayishi fonida real foiz stavkalari yuqori bo‘lib, milliy valyutada jamg‘armalar o‘smoqda.

🗣Moliyaviy inklyuzivlik oshishi sababli chakana kreditlash yuqori sur’atda davom etmoqda va bu kelgusida inflyasion bosimni kuchaytirishi mumkin.

🗣Pul-kredit sharoitlari inflyasiyaning pasayish trayektoriyasiga erishish maqsadida qat’iy darajada saqlanadi; zaruratga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026 yil 28 yanvar kuniga belgilangan.

Kiritildi: Bugun 14:03. O'qildi: 144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!