NATO bosh kotibi Mark Ryutte AQSh va Eron o‘rtasidagi harbiy mojaro fonida ittifoqchilarni Ukrainani unutib qo‘ymaslikka chaqirdi. Bu haqda u «Tagesschau» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Biz bir vaqtning o‘zida Ukrainani ta’minlagan holda, amerikaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak», — deb ta’kidladi Ryutte.
U Ukraina Rossiya bilan to‘qnashuvda hamon G‘arbning yordamiga muhtoj ekanligini alohida qayd etdi.