Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Maradonaning tarixiy formasi 152 ming yevroga sotildi

Maradonaning tarixiy formasi 152 ming yevroga sotildi

Argentinalik hujumchi Diyego Maradonaning futbolkasi Matchday Football Auctions auksionida 152,2 ming yevroga sotildi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Ushbu libosda futbolchi "Barselona" safida 1984 yilgi Ispaniya kubogi finalida "Atletik"ga qarshi (0:1) o‘ynagan. Maradona uni o‘yindan keyingi mushtlashuv paytida yirtib olgan.

Maradona 2020 yil noyabr oyida 60 yoshida vafot etdi. Argentinalik futbolchi "Barselona"dan tashqari "Napoli", "Sevilya", "Boka Xuniors", "Nyuells Old Boyz" va "Argentinos Xuniors" kabi jamoalarda ham to‘p tepgan.

Kiritildi: Bugun 18:58. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!