Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Maqsad – O‘zbekiston turizmini dunyoga yanada tanitish: Toshkentda “Rocket DMC Uzbekistan” kompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

A A A
Maqsad – O‘zbekiston turizmini dunyoga yanada tanitish: Toshkentda “Rocket DMC Uzbekistan” kompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkentdagi “Pasado” restoranida “Rocket DMC” kompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda kompaniyaning vazifalari, imkoniyatlari va boshqa muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, “Rocket DMC Uzbekistan” yurtimizda 2023 yilning may oyida o‘z faoliyatini boshlagan. Kompaniya oldiga O‘zbekiston turizmini dunyoga yanada tanitish, sayyohlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar qo‘yilgan. “Rocket DMC Uzbekistan”ning strategik mahalliy hamkorlaridan biri “Silkroad Samarkand Resort” hisoblanadi.

Kompaniya shtab-kvartirasi Dubayda joylashgan xalqaro “Rocket DMC” tarmog‘ining a’zosi bo‘lib, Misr, Turkiya, Tunis, Ispaniya va boshqalar kabi asosiy sayohat bozorlarida ishlaydi.

“Rocket DMC Uzbekistan” bosh ofisi Samarqandda joylashgan. “Silk Road Samarkand” yangi turistik klasteri esa innovasion xalqaro kompaniyaning strategik hamkoriga aylangani tabiiy.

Kiritildi: 16:07 11.07.2023. O'qildi: 2449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!