Angliyada stajyor shifokorlarning rejalashtirilgan besh kunlik ish tashlashi bo‘lib o‘tadi. Bu ularning manfaatlarini ifodalovchi kasaba uyushmasi tomonidan e’lon qilindi. Aytishlaricha, mehnat sharoitlari va ish haqi ko‘ngildagidek emas.
Ish tashlash qarori hukumat ish haqini 5,4 foizga oshirishga tayyorligini ma’lum qilganidan keyin qabul qilingan. Biroq kasaba uyushmasi ish haqini 2008 yilgi darajaga qaytarish uchun kamida 29 foizga oshirish kerakligini ta’kidlamoqda.
Britaniya Tibbiyot Assosiasiyasi bayonotida aytilishicha, rasmiylar bilan so‘nggi bir necha kundan beri davom etayotgan muzokaralar murosaga olib kelmadi. Hozircha ish haqini oshirish haqidagi so‘rovlar faqat rad javobi bilan kutib olinmoqda.
Boyaqish shifokorlar hukumat mojaroni hal qilish uchun amaliy yondashuvlar va yo‘llarni ishlab chiqishini kutishmoqda.