O‘zbekiston 5 fevralga qadar Xitoydan mandarin va ananas mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi.
Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, belgilangan muddatgacha mazkur mahsulotlar Xitoy karantin xizmati tomonidan berilgan fitosanitariya sertifikatlari asosida import qilinadi. Barcha partiyalar majburiy fitosanitariya nazoratidan o‘tkazilib, har biridan namunalar olinadi va karantin talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Avvalroq O‘zbekistonga Xitoydan mandarin va ananas olib kirish vaqtinchalik taqiqlangan edi.
Markaziy laboratoriyaga ko‘ra, O‘zbekistonga olib kelinayotgan sitrus mahsulotlarida xavfli karantin zararkunandalari aniqlangan.