Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida pichoq bilan qurollangan shaxs sinagoga hujum qildi, deb xabar bermoqda DW.
Nashrning xabar berishicha, hujumchi avval avtomobilini sinagoga binosi yaqinidagi piyodalar ustiga haydab borgan, keyin esa ularga pichoq bilan hujum qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 4 kishi jarohatlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar turli darajada tan jarohati olgan va shifoxonalarga yetkazilgan.
Polisiya jinoyatchini otib o‘ldirgan.