Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Manchester Siti» va APL qoidabuzarliklar ishini pul to‘lovlari orqali hal qilishni muhokama qildi — Bloomberg

«Manchester Siti» va APL qoidabuzarliklar ishini pul to‘lovlari orqali hal qilishni muhokama qildi — Bloomberg

«Manchester Siti» moliyaviy qoidalar buzilishi bilan bog‘liq ishni hal qilish masalasida Angliya Premyer-ligasi (APL) bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, muhokamalar klub deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilishidan oldin bo‘lib o‘tgan. Biroq «Manchester Siti» o‘zining aybsiz ekanini qat’iy ta’kidlagani sababli muzokaralar tez orada to‘xtab qolgan.

Tomonlar klubga yirik miqdorda moliyaviy tovon to‘lash orqali ishni yakunlash va APLdan chiqarib yuborilish hamda chempionlik unvonlaridan mahrum etilish kabi jazolardan qochish imkonini beradigan variantni muhokama qilgani aytilmoqda. Ayrim ekspertlar bunday ssenariyni ehtimoldan xoli emas deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, «Arsenal» va «Liverpul» kabi «Manchester Siti»ning raqiblari Premyer-liganing manchesterliklar bilan kelishuvga erishishiga keskin qarshi bo‘lar edi.

Kiritildi: 11:02 10.10.2026. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!