Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Manchester Siti» o‘z yulduzini sotishga qaror qildi

«Manchester Siti» o‘z yulduzini sotishga qaror qildi

Yarim himoyachi Rodri yozda «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Ramon Alvaresning ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» ispaniyalik futbolchining shartnomasi 2021 yilda yakunlanishini inobatga olib, uni yozgi transfer oynasida 50 million yevroga sotishga tayyor. Ushbu xavbekni o‘z safiga qo‘shib olishga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq, Madrid klubi Rodri transferi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishdan oldin, uning Jahon chempionati oldidan jismoniy holatini sinchkovlik bilan baholaydi.

Rodri 2019 yilda 70 million yevro evaziga «Atletiko»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Rodrining narxini 75 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 13:16. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!