Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti"ning moliyaviy qoidabuzarliklarini fosh qilgan xaker himoya ostida qoladi

"Manchester Siti"ning moliyaviy qoidabuzarliklarini fosh qilgan xaker himoya ostida qoladi

"Manchester Siti"ning moliyaviy qoidabuzarliklari bo‘yicha surishtiruvga asos bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilgan portugaliyalik xaker Ruy Pintu himoya ostida qoladi.

Football Leaks ishi orqali tanilgan Pintuni himoya qilish dasturini tugatish to‘g‘risidagi qaror haqiqiy emas deb topildi.

jn.pt nashrining xabar berishicha, dastur yangi qaror qabul qilingunga qadar amal qilishda davom etadi.

Faoliyati natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar "Manchester Siti"ning moliyaviy qoidabuzarliklari bo‘yicha surishtiruvga asos bo‘lgan Ruy Pintu 2020 yil avgustidan buyon maxsus himoya ostida bo‘lib kelmoqda.

Himoya dasturi unga polisiya qo‘riqlovi ostida maxfiy manzilda yashash, soxta shaxsiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjatlar, bepul transport va yashash xarajatlari uchun nafaqa ajratishni nazarda tutadi.

2023 yil sentyabr oyida Portugaliyada Pintu Football Leaks ishi bo‘yicha shartli ravishda to‘rt yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.

O‘sha yilning noyabr oyida esa Fransiyada "PSJ" klubining elektron pochtasiga noqonuniy kirgani uchun unga shartli ravishda olti oylik qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 23:48 09.10.2026. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!