"Manchester Siti" katta jarima evaziga APLdan chetlatilish va sovrinlardan mahrum bo‘lishdan qutulishi mumkin edi
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Siti" va APL klub faqat yirik miqdordagi jarima to‘lashi orqali liga musobaqalaridan chetlatilish va sovrinlaridan mahrum bo‘lish jazolaridan qutulishi mumkin bo‘lgan variantni muhokama qilgan.
Biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Bunga "Manchester Siti"ning o‘z aybsizligini izchil ravishda ta’kidlab kelgani sabab bo‘lgan.
Klubning moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq ishi bo‘yicha yakuniy qaror va ehtimoliy jazo choralari masalasi esa hamon diqqat markazida qolmoqda. Klub 114ta qoida buzilishida ayblanmoqda va bu son 130gacha oshishi mumkin.