Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

"Manchester Siti" himoyachisining diskvalifikasiyasi uzaytirildi

"Manchester Siti" himoyachisining diskvalifikasiyasi uzaytirildi

"Manchester Siti" himoyachisi Riko Lyuisning diskvalifikasiyasi 3 ta o‘yingacha uzaydi.

Eslatib o‘tamiz, Lyuis "Siti"ning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi "Vidad"ga qarshi o‘yinida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hakamning qaroriga qo‘shilmasligi va futbolchisi to‘pga o‘ynaganini aytgandi.

Biroq FIFA Gvardiolaning nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlamadi va standart diskvalifikasiyaga yana ikkita o‘yin qo‘shdi, deb xabar berdi "Sky Sports".

Shu tariqa, Lyuis guruh bosqichida "Al Ayn"dan tashqari "Yuventus" va 1/8 final o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Kiritildi: 23:45 24.06.2025. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!