Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Manchester Siti" futbolchisi qo‘shnilari bilan kelisha olmayapti

"Manchester Siti" futbolchisi qo‘shnilari bilan kelisha olmayapti

Yozda "Chelsi"dan "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan darvozabon Markus Bettinelli Kobxemda qo‘shnilari bilan nizoga aralashib qoldi.

32 yoshli darvozabon tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga tegishli hovli hududida 2 million funtga avtoturargoh qurgan.

Tuman aholisi yangi avtoturargoh turar-joy majmuasining qiyofasini buzayotganini va boshqa mulkdorlar uchun xavfli holatni keltirib chiqarayotganini aytib, yer qazish ishlaridan norozi bo‘lishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Bettinelli uchastkasi allaqachon yetarlicha avtoturargohga ega bo‘lgan.

Futbolchining o‘zi o‘z huquqlari doirasida harakat qilganini ta’kidlamoqda, chunki qurilish uning mulki chegarasida olib borilgan. Mojaro darvozabon o‘z qarorgohi yonidagi 12 metrlik daraxtlarni kesib tashlaganidan bir necha hafta o‘tib boshlangan.

Bettinelli shu yozda faoliyatini yakunlagan sobiq futbolchi Skott Karsonning o‘rnini egallab, "Siti"ning uchinchi darvozaboniga aylandi. Kelayotgan yakshanba kuni Pep Gvardiola jamoasi Premyer-ligada Manchester derbisida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 23:22 07.09.2025. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!