«Manchester Siti» rahbariyati xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiolni jamoada saqlab qolish niyatida. Bu haqda Sportske novosti nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» Gvardiol uchun maoshi sezilarli darajada oshirilgan va muddati uzaytirilgan yangi shartnoma tayyorlamoqda. Ta’kidlanishicha, Madridning «Real» klubi futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, biroq «Manchester Siti» himoyachini qo‘yib yubormaslik borasida qat’iy qarorga kelgan.
2023 yilda Angliya grandi Gvardiolni «RB Leypsig»dan 90 million yevro evaziga sotib olgan edi. Joriy mavsumda 24 yoshli xorvat barcha turnirlarni inobatga olgan holda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.