Jon Stounz Angliya milliy jamoasiga bo‘lajak o‘yinlarda yordam bera olmaydi.
«Manchester Siti» himoyachisi milliy jamoa bazasini son mushaklaridagi muammolar sabab tark etdi, deb xabar beradi Daily Mail.
«U milliy jamoaga kichik jarohat bilan kelgandi. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz», – deydi inglizlar ustozi Tomas Tuxel.
Angliya JCH-2026 saralashi doirasida 6 sentyabr kuni Andorrani qabul qiladi, 9 sentyabrda esa Serbiyaga safar qiladi.
O‘z navbatida«Siti» Stounzning ehtiyot chorasi sifatida milliy jamoadan chiqarilganini ma’lum qildi.