"Manchester Siti" 115 ta moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda. Ishning hajmini inobatga olgan holda, futbol doiralari "shaharliklar" uchun mumkin bo‘lgan eng qattiq jazoni muhokama qilishdi.
Misol uchun, "Manchester Siti"dan shunchalik ko‘p ochko olib qo‘yilishi mumkin ediki, ular Chempionshipda ishtirok etishi mumkinligi haqida gap ketgandi.
“Manchester Siti” quyi ligaga tushib ketmaydiganga o‘xshaydi. The Athletic nashriga ko‘ra, tergov bilan tanish bo‘lgan ba’zi odamlar "Siti" faqat jarima to‘laydi, degan fikrda. Sud hukmi mart oyida chiqishi kutilmoqda.