FIFA 2025 yilda eng ko‘p transfer xarajatlari qilgan klublar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Xarajatlar bo‘yicha "Manchester Siti" yetakchiga aylandi. Ikkinchi o‘rindan "Liverpul" joy olgan bo‘lsa, uchlikni "Chelsi" yakunlab berdi. Xalqaro futbol federasiyasi xarajatlarning aniq miqdorini oshkor qilmagan.
Transfer xarajatlari bo‘yicha top-20 klublar ro‘yxatiga quyidagi jamoalar kiritildi:
1. «Manchester Siti», Angliya.
2. «Liverpul», Angliya.
3. «Chelsi», Angliya.
4. «Bayer», Germaniya.
5. «Leypsig», Germaniya.
6. «Sanderlend», Angliya.
7. «Vulverxempton», Angliya.
8. «Tottenxem», Angliya.
9. «Arsenal», Angliya.
10. «Nottingem Forest», Angliya.
11. «Komo», Italiya.
12. «Milan», Italiya.
13. «Real» Madrid, Ispaniya.
14. «Strasburg», Fransiya.
15. «Manchester Yunayted», Angliya.
16. «Fenerbaxche», Turkiya.
17. «Galatasaray», Turkiya.
18. «Bornmut», Angliya.
19. «Nyukasl», Angliya.
20. «Marsel», Fransiya.