Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Mamlakatimizda tibbiyot oliy o‘quv yurtlariaro o‘qishni ko‘chirish tartibi qanday?

Mamlakatimizda tibbiyot oliy o‘quv yurtlariaro o‘qishni ko‘chirish tartibi qanday?

Shu kunlarda o‘zbekistonlik talabalardan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish davom etmoqda.

O‘tgan yili tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalaridan ham o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushganini inobatga olib, ushbu jarayon haqida batafsil ma’lumot berishni lozim topdik.

✅ 2022/2023 o‘quv yili respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar
transfer.edu.uz tizimi orqali qabul qilinadi.

2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Prezident farmoni bilan tasdiqlangan yangi tartibga ko‘ra, faqat ikki holatdagina yurtimiz oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishni ko‘chirish uchun ruxsat beriladigan bo‘ldi:

1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

📌 Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi ta’lim shaklidagi mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga (sirtqi ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat granti asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 11:39 23.07.2022. O'qildi: 2188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!