Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlari tomonidan fuqaro olib ketilayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilindi.
Joriy yilning 5 fevral kuni 2004 yilda tug‘ilgan J.M. Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasi oldida IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan J.M.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.