Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Malayziyaning yangi qiroli taxtga o‘tirdi

A A A
Malayziyaning yangi qiroli taxtga o‘tirdi

31 yanvar kuni Malayziyaning yangi qiroli etib saylangan Paxang shtati hukmdori Tengku Abdulla taxtga o‘tirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qirollik vakillari, hukumat a’zolaridan iborat 500 ga yaqin kishi tashrif buyurgan tantanali marosim Istana Negara saroyida bo‘lib o‘tgan.

Tengku Abdulla Hukmdorlar kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan 24 yanvar kuni qirollikka saylangan. Qirol ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqisiz besh yil muddatga saylanadi. Nomzodlar 1957 yilda qirollik lavozimi tashkil etilganida birinchi marta tuzilgan ro‘yxat asosida aniqlanadi.

Tengku Abdulla o‘rta ma’lumotni Malayziyada olgan, keyin esa Sandxerstdagi Britaniya Qirollik harbiy akademiyasida o‘qishni davom ettirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u polo o‘yiniga qiziqqan. Ayni paytda u FIFA a’zosi hisoblanadi. Avval esa Malayziya Futbol assosiasiyasi rahbari bo‘lgan.

Daryo.uz

Kiritildi: 16:13 31.01.2019. O'qildi: 2165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik