Malayziyadagi suv toshqinlari tufayli 37 mingdan ortiq kishi uyini tark etishga majbur bo‘ldi.
Bu haqda qirollik bosh vaziri Anvar Ibrohim ma’lum qildi.
«Toshqindan jabrlanganlar soni 37 189 nafarga yetdi, shu jumladan oltita shtatda 11 385 oila», — dedi bosh vazir.
Nashrning qayd etishicha, tabiiy ofatdan Malayziyaning olti shtati – Kelantan, Trengganu, Keda, Perlis, Johor va Perak jabr ko‘rgan. Jabrlanganlar uchun 322 ta vaqtinchalik evakuasiya markazi tashkil etilgan.