Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektr skuterlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektr skuterlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning “Pro Events and Marketing Sdn Bhd” kompaniyasining boshqaruv direktori Elayne Txam bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Dunyo“ AAning xabar berishicha, uchrashuvda Malayziya tomoni O‘zbekistonda elektr skuterlar (3 va 4 g‘ildirakli ixcham elektromobil) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

“Dastlabki hisob-kitoblar asosida yillik ishlab chiqarish miqdori 5 mingta skuterni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Keyinchalik Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilish salohiyatlarini inobatga olgan holda, uni 10 mingtaga yetkazish imkoniyati mavjud. Skuterlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish O‘zbekistonda aholiga yetkazib berish xizmatining sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi mumkin“, — dedi kompaniya boshqaruv direktori Elayne Txam.

Shuningdek, xorij tomoni mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida sun’iy intellekt yordamida insonlarda tibbiy diagnostika o‘tkazish dasturiy ta’minotini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida belgilangan loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini o‘rganish uchun kompaniya rahbariyatining O‘zbekistonga biznes-missiyani tashkil etishga kelishib olindi.

Kiritildi: Bugun 03:24. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!