Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Malayziya bosh vaziri saratonni yengdi

Malayziya bosh vaziri saratonni yengdi

Malayziya bosh vaziri Muhiddin Yosin saraton kasalligini yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bosh vazir ma’muriyati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Yosinning so‘nggi tahlillarida kasallik alomatlari aniqlanmagan va u o‘z vazifasini to‘laqonli ado etishga tayyor. 

Bosh vazirda 2018 yilning iyulida oshqozonosti bezi saratoni aniqlangan va u Singapurda davolangan edi.  O‘sha paytda u ichki ishlar vaziri bo‘lgan, kasallik tufayli bir yil ta’til olishiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan oydagi yig‘ilishlardan birida koronavirusga chalingan amaldor bilan uchrashgani ma’lum bo‘lgach, bosh vazir ikki haftalik karantinga olindi. 

Etmish uch yoshli Muhiddin Yosin joriy yilning 29 fevralidan beri Malayziya bosh vaziri vazifasini bajarib kelmoqda. Uning otasi Hoji Muhiddin Yosin ibn Muhiddin taniqli ulamo bo‘lgan.

Kiritildi: 12:30 17.06.2020. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!