Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Isroil tomonidan 2023-yil 7-oktyabrdan beri G‘azo sektorida davom etayotgan genosidni “jamoaviy vijdon sinovi” deb atadi. Bu haqda Malayziya bosh vaziri Singapurdagi Shangri-La Dialoguye xavfsizlik forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb xabar beradi AA agentligi.
Ibrohim bugungi kunda dunyo Ikkinchi jahon urushidan buyon eng yuqori darajadagi qurolli to‘qnashuvlarga duch kelayotganini ta’kidlab, G‘azo, Myanma, Sudan, shuningdek, Rossiya-Ukraina urushidagi vaziyatga e’tibor qaratdi.
"G‘azodagi genosid bizning jamoaviy vijdonimiz sinovidir", dedi bosh vazir va strategik charchoq axloqiy ravshanlikni qo‘zg‘atmasligi kerakligini qo‘shimcha qildi.