Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Maktablarga 1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” ni yetkazib berish boshlandi

A A A
Maktablarga 1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” ni yetkazib berish boshlandi

1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi.

Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun “Prezident sovg‘asi" xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.

1- sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:

✔️ O‘quvchi sumkasi
✔️ 12 dona daftar
✔️ Rasm daftari
✔️ Akvarel bo‘yoqlari
✔️ Rangli qog‘oz
✔️ Qalamdon
✔️ Sharikli ruchka
✔️ Rangli qalam
✔️ 2 dona oddiy qalam
✔️ Plastilin
✔️ Yelim
✔️ 2 dona o‘chirg‘ich

❗️“Prezident sovg‘asi” joriy yilning 25-avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.

Kiritildi: 18:00 11.08.2023. O'qildi: 3876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!