Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda o‘quv jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlari 2024 yil 29 dekabrdan boshlanib, 2025 yil 11 yanvarga qadar davom etadi.
Bunda maktablarda 2025 yil 11 yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024 yil 28 dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025 yil 13 yanvar (dushanba)dan boshlanadi.