Ota-onalar uchun onlayn xarita yordamida maktab joylashuvi va tegishli mikrohududni aniqlashga yordam beradigan zamoniy xizmat ishga tushdi.
Yangi xizmat – gis.uzedu.uz – ota-onalarga o‘zlarining mikrohududlari va ularning hududlaridagi maktablarni aniqlab olish imkoniyatini beradi.
Hozir bu xizmat test rejimida ishlamoqda. Onlayn xaritaga Toshkent shahridagi barcha maktablar kiritilgan.
Qanday ishlaydi?
Yangi xizmat Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan yaratilgan. Xizmat respublikadagi barcha maktablar joylashuvini ko‘rsatadi. Kelajakda xizmat kengaytirilib, respublikadagi barcha maktablarning mikrohududlarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Saytda aloqa uchun ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar tizimni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarni bildirishlari mumkin.