Badiiy gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sport musobaqalarining g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 10 noyabr kuni poytaxtdagi Gimnastika bo‘yicha Respublika olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida badiiy gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sport musobaqalarining respublika (final) bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda jami 154 nafar (har bir hududdan 11 nafardan) ishtirokchi g‘oliblik uchun bahs yuritishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqaning yakkalik bahslarida:
1-o‘rinni — Anna Lorovskaya (Toshkent shahri);
2-o‘rinni — Ilzara Piokunova (Namangan viloyati);
3-o‘rinni — Darya Katyanina (Buxoro viloyati);
Musobaqaning guruh bahslarida:
1-o‘rinni — Toshkent shahri;
2-o‘rinni — Buxoro viloyati;
3-o‘rinni — Sirdaryo viloyati jamoalari egallashdi.
Musobaqa g‘oliblarining har bir a’zosi monoblok (1-o‘rin), tikuv mashinasi (2-o‘rin), smart soat (3-o‘rin)lar, diplom, tegishli ravishda oltin, kumush va bronza medallari hamda “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” bilan taqdirlanishdi.