Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoylik mutaxassisga O‘zbekistonda faxriy professor unvonini berildi

Xitoylik mutaxassisga O‘zbekistonda faxriy professor unvonini berildi

Bugun, 18 dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida «Xalqaro tajriba: ta’limni modernizasiyalash sharoitida zamonaviy mashinasozlik va muhandislik yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari» mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ochib berdi. Prorektor institutda bu tadbirlar sonini oshirish, xorijdagi ilmiy izlanish hamda yangiliklar bilan talabalarni tanishtirib borish lozimligini qayd etdi. Shundan so‘ng mehmonlarga so‘z berildi.

Anjumanda bugungi kun uchun dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga sohaning yetakchi kadrlari tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar qilindi. Xususan «Changshu» texnologiya institutining vakili Gao Zhe xonim ham taqdimot qildi. Shundan unga Baxtiyor Nasimov tomonidan faxriy professor unvoni topshirildi.

«Ushbu unvon institut ta’lim tizimining rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shganligi uchun berildi. Gao Zhe xonim To‘qimachilik va moda dizayn maktabining 2+2 dasturi rahbari hisoblanadi. Bizda ham xuddi shu OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilgan. Unga qabul qilingan talabalar 2 yil Xitoyga borib tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchimanki, institutimiz eshigi faxriy professorimiz uchun doimo ochiq. Istalgan vaqtda kelib talabalarga dars o‘tishlari va xodimlarimiz uchun yaratilgan sharoitlardan foydalanishlari mumkin», deydi prorektor.

Kiritildi: 21:33 18.12.2024. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!