Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Maktabga qatnashda qayiqda suzib borgan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradi

Maktabga qatnashda qayiqda suzib borgan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradi

6-sinfga o‘tgan Zamira To‘ychiyeva Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida, akademik eshkak eshish yo‘nalishida o‘qishini davom ettiradi.

O‘tgan yil oxirida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi maktabga borish uchun Sirdaryoni qayiqda suzib o‘tadigan 12 yashar Zamira To‘ychiyeva internetda mashhur bo‘lib ketgan edi.

O‘shanda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qizning maktabiga borib, unga noutbuk va kitoblar sovg‘a qilgan, onasi bilan gaplashib, Zamiraning puxta bilim olishi uchun barcha yordamni ko‘rsatishini aytgandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 5-sinfni tamomlagan qiz endi har kuni daryoni kechib maktabga bormaydi. Viloyat hokimining taklifiga ko‘ra, u yangi o‘quv yilidan boshlab Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida akademik eshkak eshish yo‘nalishida o‘qishni davom ettiradigan bo‘ldi.

“Markazda yotoqxona va 4 mahal bepul ovqat bilan ta’minlanadi. Shuningdek, bo‘sh vaqtlarida unga Yoshlar markazida dasturlash hamda IT-sohasini o‘rganishi uchun sharoit yaratib beriladi”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:35 30.05.2023. O'qildi: 2168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!