Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Maktab o‘quvchisi — qiz bola dars vaqtida vafot etdi

A A A
Maktab o‘quvchisi — qiz bola dars vaqtida vafot etdi

Moskvada maktab o‘quvchisi – qiz bola o‘zini yomon his qilgani uchun sinfda vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskvadagi Bosh tergov boshqarmasi boshlig‘ining katta yordamchisi Yuliya Ivanovaga asoslanib xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar voqea joyini o‘rganishmoqda, shuningdek, maktab xodimlari bilan suhbatlashmoqda. "Bolaning o‘limi faktida tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda", dedi Ivanova.

Avvalroq, Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahridagi maktabda o‘rta maktab o‘quvchisi vafot etgandi. Yigit 17 yoshda edi. O‘lim kunning ikkinchi yarmida sodir bo‘ldi. Jasadni tekshirishganda jinoyat alomatlar topilmadi.

Kiritildi: 15:19 06.11.2020. O'qildi: 5576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!