Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Maktab kutubxonachilarining oylik maoshlari 2022 yil 1 sentyabrdan oshiriladi

Maktab kutubxonachilarining oylik maoshlari 2022 yil 1 sentyabrdan oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni asosida umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxonachilarining oylik maoshlari 2022 yil 1 sentyabrdan quyidagi miqdorda oshirilishi belgilandi.

Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida:

oliy ma’lumotli kutubxona mudirining hozirgi kundagi oylik maoshi 1 376 803 so‘mni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab 1 652 164 so‘m, oliy ma’lumotli kutubxonachining maoshi esa 1 151 818 so‘mdan 1 382 182 so‘mga;

bundan tashqari, o‘rta maxsus ma’lumotli kutubxona mudirining amaldagi oylik maoshi 1 261 867 so‘m bo‘lib, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab 1 514 240 so‘mga, xuddi shunday ma’lumotga ega kutubxonachining ish haqi miqdori 1 094 227 so‘mdan 1 313 072 so‘mga ko‘tariladi.

Kutubxona xodimlarini lavozim maoshini oshirish uchun davlat byudjetidan qo‘shimcha ravishda jami yillik qariyb 50 mlrd. so‘m mablag‘ oshiriladi.

Kiritildi: 00:30 18.05.2022. O'qildi: 8931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!