Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Makronning reytingi rekord darajaga tushib ketdi

Makronning reytingi rekord darajaga tushib ketdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron (19%) va bosh vazir Fransua Bayru (18%)ning ma’qullash reytingi Beshinchi respublika tarixidagi eng past ko‘rsatkichga aylandi.

Bu haqda Journal du Dimanche nashri uchun o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlari dalolat bermoqda.

Duetning umumiy balli 37 ballni tashkil etdi - 2014 yildagi Fransua Olland va Manuel Valsdan (51 ball) past. Makronni qo‘llab-quvvatlaganlar orasida qo‘llab-quvvatlov 49 foizga tushib, 2022 yildan beri 12 ball yo‘qotgan.

"Makron reytingi 20 foizdan pastga tushgan birinchi prezident sifatida tarixga kirdi. Hattoki "sariq jiletlilar" inqirozining eng yuqori cho‘qqisida ham bu ko‘rsatkich 23 foizni tashkil etdi", - deya qayd etadi tadqiqot mualliflari.

Respondentlarning 82 foizi Bayrudan norozi, 50 foizi “juda norozi”. Keskin pasayishga fuqarolar ijtimoiy adolatsizlik deb hisoblagan 2026 yilgi byudjet loyihasi yordam berdi.

Kiritildi: 09:45 21.07.2025. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!