Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Makron Zelenskiy bilan suhbatdan keyin Zaporojye AESda xavfsizlikni ta’minlash kerakligini ta’kidladi

A A A
Makron Zelenskiy bilan suhbatdan keyin Zaporojye AESda xavfsizlikni ta’minlash kerakligini ta’kidladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hafta oxirida qayta o‘qqa tutilgan Zaporojye atom elektr stansiyasida xavfsizlikni ta’minlash zarurligi haqida gapirdi.

"Zaporojye atom elektr stansiyasiga qilingan yangi hujumlardan so‘ng, takror aytamanki, stansiya xavfsizligini ta’minlash uchun hamma narsa qilinishi kerak. Biz bugun prezident Zelenskiy bilan bu masalani muhokama qildik. AES xavfsizligi yuzasidan sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz", deb yozdi Makron Twitter sahifasida.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida Makronga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi va yana Zaporojye atom elektr stansiyasini demilitarizasiya qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 11:31 22.11.2022. O'qildi: 1944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!