Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Makron Trampga G7 davlatlari, Ukraina va Rossiya ishtirokida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi

Makron Trampga G7 davlatlari, Ukraina va Rossiya ishtirokida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi

bu haqda “Strana” xabar bermoqda.

Bu taklif haqida Fransiya prezidentinining AQSh yetakchisiga yo‘llagan shaxsiy xabari orqali ma’lum bo‘ldi. Ushbu xabar Donald Tramp tomonidan e’lon qilindi.

Fransiya prezidenti o‘z xabarida Trampning Grenlandiya bo‘yicha harakatlariga tushunmayotganini bildirgan va bir necha uchrashuvlar tashkil etishni taklif qilgan.

"Do‘stim, Suriya bo‘yicha fikrimiz to‘liq mos keladi. Eron masalasida ham katta ishlarni amalga oshira olamiz. Lekin men Grenlandiya bilan nima qilayotganingizga tushunmayapman.

Keling, birgalikda katta ishlar qilamiz:

1) Men Davosdagi forumdan keyin payshanba kuni Parijda G7 uchrashuvini tashkil qila olaman. Uchrashuvga ukrainaliklar, daniyaliklar, suriyaliklar va rossiyaliklarni taklif qilishim mumkin.

2) Payshanba kuni, AQShga qaytishingizdan oldin, birga kechki ovqat qilaylik", — deb yozilgan Makronning xabarida.

Shuni ta’kidlash kerakki, bunday shaxsiy yozishmalarni e’lon qilish diplomatiyada nomaqbul harakat hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!