Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 milliard dollarlik yordam dasturi tasdiqlangandan keyin Rossiya haqida keskin bayonot berdi, deb yozdi “Le Figaro” gazetasi.
“Ishora tushunarli: Rossiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yevropaliklarning, qandaydir, charchog‘idan umid qilmasligi kerak”, ta’kidladi u.
OAV yozishicha, sammit Kiyevga pul ajratish masalasini har yili muhokama qilishga kelishib olgan va zarurat tug‘ilsa, ikki yildan keyin yordam miqdori qayta ko‘rib chiqiladi.