Makron Isroil va Eronni keskinlikni kamaytirishga va tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelayotgan hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar bermoqda.
Fransiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, har bir mamlakat fuqarolari o‘z rahbarlarini o‘zlari almashtira oladi, tashqi harbiy operasiyalar orqali ularni ag‘darishga urinish esa har doim strategik xatolik bo‘lib kelgan.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyning o‘ldirilishi Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatning avj olishiga olib kelmasligini, aksincha, bu nizoga nuqta qo‘yishini aytgan edi.