Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Makron Grenlandiya va Eron masalalari bo‘yicha xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi — Reuters

Makron Grenlandiya va Eron masalalari bo‘yicha xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi — Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Grenlandiya va Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qilish uchun Fransiya Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishini chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Yig‘ilish AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani qo‘lga kiritish zarurligi haqidagi bayonotlari, shuningdek, Eronda norozilik namoyishlarining kuch bilan bostirilishi fonida o‘tkazilmoqda.

Makron X ijtimoiy tarmog‘ida Fransiya harbiylarining dastlabki guruhi Daniya va Grenlandiya bilan qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Grenlandiyaga jo‘natilganini ma’lum qildi. Keyingi bo‘linmalar ham orolga yuborilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Germaniya, Norvegiya va Shvesiya ham Kopengagen va Nuukni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Grenlandiyaga harbiy kuchlar joylashtira boshlagani xabar qilindi. Fransiya rasmiylariga ko‘ra, ushbu harbiylar tog‘ sharoitida harakatlanish bo‘yicha ixtisoslashgan mutaxassislardir.

Kiritildi: 21:33 15.01.2026. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!