Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Makron: G‘azodagi tinch aholining azob-uqubatlariga chek qo‘yilishi kerak

Makron: G‘azodagi tinch aholining azob-uqubatlariga chek qo‘yilishi kerak

Fransiya rahbari insonparvarlik yordamini yetkazib berish uchun nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga chaqirdi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

G‘azo sektoridagi tinch aholining azob-uqubatlariga chek qo‘yilishi kerak. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi.

Makron o‘zining X (sobiq Twitter) platformasidagi bayonotida Netanyaxu bilan telefon orqali gaplashganini e’lon qildi.

U Fransiya Isroil va uning fuqarolari xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi, ammo ta’kidladi: “Hamasning qurolsizlanishi barcha mahbuslarni ozod qilish kabi muhim ustuvor vazifadir”.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarni ozod qilishning yagona yo‘li – otishmani to‘xtatish.

Fransiya prezidenti, shuningdek, insonparvarlik yordami yetkazib berish uchun barcha o‘tish joylarini ochish tinch aholi uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanini aytdi.

“Shaxsan men Misrning Al-Arish shahrida chegaraning narigi tomonida gumanitar yordam to‘sib qo‘yilganini ko‘rdim. Bu yordam imkon qadar tezroq yetib borishi kerak. G‘azo xalqining azob-uqubatlariga barham berish kerak", – dedi Makron.

Shuningdek, u mintaqaga zudlik bilan tinchlik kerakligini ta’kidladi.

Suhbat Isroil bosh vazirining o‘g‘li Yair Netanyaxuning Fransiya prezidentiga nisbatan haqoratli so‘zlarni aytganidan keyin yuzaga kelgan janjal doirasida bo‘lib o‘tdi.

Makron Falastinni tan olish imkoniyatini ko‘tardi.

Avvalroq Makron Misrga ikki kunlik tashrifidan so‘ng France 5 telekanaliga bergan intervyusida:

“Fransiya Falastinni tan olish tomon harakat qilishi kerak va bu yaqin oylarda yuz berishi mumkin”, – degan edi.

U bu qaror iyun oyida Saudiya Arabistoni bilan birgalikda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya doirasida qabul qilinishi mumkin ekanini aytdi.

Kiritildi: 10:27 16.04.2025. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!