Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Makron Fransiya yaqin muddatda Falastinni davlat sifatida tan olishini ma’lum qildi

Makron Fransiya yaqin muddatda Falastinni davlat sifatida tan olishini ma’lum qildi

Fransiya prezidenti bu haqda Misrga ikki kunlik tashrifidan keyin France 5 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Joriy yil iyun oyida Saudiya Arabistonida Fransiya hamraisligida ikki davlat (Isroil va Falastin) muammosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Parijning Falastin davlatini rasman tan olishi ushbu anjumanda e’lon qilinishi mumkin.

"Biz Falastin davlatini tan olish yo‘lida harakat qilishimiz kerak. Biz bunga yaqin oylarda erishishimiz mumkin. Men buni amalga oshiraman. Menimcha, bu qaysidir bir ma’noda adolatli qadam bo‘ladi. Chunki men ham Falastinni himoya qilishga qaratilgan jamoaviy harakatda qatnashishni istayman", – deya aniqlik kiritdi Emmanuyel Makron.

Kiritildi: 12:28 10.04.2025. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!