Fransiya tez o‘zgarib borayotgan xalqaro vaziyat va hozirgi noaniqlikni inobatga olgan holda Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlashga tayyor.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasi markazida XXR raisi Si Ssinpin bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
"Biz mojarolarni hal qilish, dunyo tinchligi va barqarorligini saqlash uchun birgalikda harakat qilish uchun Xitoy bilan muloqot va maslahatlashishga tayyormiz”, — dedi Makron.
Xitoy rahbari Xitoy va Fransiya birgalikda muloqot va hamkorlik orqali dunyo tinchligi, barqarorligi va insoniyat taraqqiyotiga yanada katta hissa qo‘shishi mumkinligini ta’kidladi.
Makronning tashrifi davomida Xitoy va Fransiya global boshqaruvni mustahkamlash, global iqlim va ekologik muammolarga birgalikda javob berish, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda hamkorlikni doimiy ravishda rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida almashinuv va hamkorlik, Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha qo‘shma bayonotlar e’lon qildi.