Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Makron: Fransiya Ukrainani g‘alabaga yetaklaydi

A A A
Makron: Fransiya Ukrainani g‘alabaga yetaklaydi

Elisey saroyida Vladimir Zelenskiy va Olaf Shols bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakati Ukrainani Rossiya bilan urushda g‘alabaga yetaklash niyatida ekanini aytdi.

«Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz va uni g‘alabaga olib borish niyatidamiz», dedi Makron. «Ukraina buning uchun Fransiya va uning ittifoqchilariga tayanishi mumkin, ammo Rossiya bu urushda g‘alaba qozonmasligi kerak va bo‘lmaydi.»

Fransiya prezidenti, shuningdek, Zelenskiyni Parij Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishiga va Kiyev ehtiyojlariga moslashishiga ishontirdi.

Vladimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun maxsus Parijga uchgan Germaniya kansleri Olaf Shols ham mamlakati Ukrainaga «kerak bo‘lganicha» harbiy yordam berishini tasdiqladi va fransuz hamkasbi kabi Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi.

Volodimir Zelenskiy, o‘z navbatida, Makron va Sholsga «ushbu uchrashuvni o‘tkazish haqidagi spontan g‘oya» uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Fransiya va Germaniya o‘zgarishlar qilish uchun salohiyatga ega», dedi u. «Ukraina uzoq masofali qurollar va zamonaviy samolyotlarga qanchalik tez ega bo‘lsa, bizning koalisiyamiz shunchalik kuchli bo‘ladi».

Bugun Ukraina prezidenti Yevropa Ittifoqi sammitida ishtirok etish uchun Bryusselga boradi.

Kiritildi: 08:17 09.02.2023. O'qildi: 1877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!