Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Makron: Yevropa Ukrainaga qo‘shin yuborish uchun Rossiyadan ruxsat so‘ramaydi!

Makron: Yevropa Ukrainaga qo‘shin yuborish uchun Rossiyadan ruxsat so‘ramaydi!

Evropa davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha Rossiya roziligisiz qaror qabul qilishi mumkin — Fransiya prezidenti.

Emmanuel Makron Le Parisien gazetasiga bergan intervyusida Yevropa davlatlari Ukrainaga kuzatuvchilik missiyasi doirasida harbiy kontingent yuborish masalasida Rossiyaning roziligisiz kelishib olishi mumkinligini ma’lum qildi.

"Ukraina — suveren davlat. Agar u ittifoqchi qo‘shinlarni o‘z hududiga taklif qilsa, bu masalada Rossiyaning roziligi hal qiluvchi omil emas", — deya fikr bildirdi Makron.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga tinchlikparvar kontingentni yuborish bo‘yicha Fransiya-Britaniya rejasi yakuniy kelishuv bosqichida turibdi.

Kiritildi: 13:28 16.03.2025. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!