Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Yevropaning Rossiya bilan muloqot olib borish imkoniyatini hech kimga topshirmasligi kerakligini aytdi.
U Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida Rossiya muzokarachilari AQSh va boshqa davlatlar bilan aloqada ekanini ta’kidlab, Yevropa ham asosiy hamkorlari bilan birgalikda muloqotni qayta yo‘lga qo‘yishni istashini bildirdi.
Shu bilan birga, Makron yaqin kunlarda Parijda Rossiya va Ukraina ishtirokida G7 uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligini tasdiqlamadi.