Fransiya prezidenti Emmanuel Makron harbiy harakatlar davom etayotgan ekan, Ukrainada urush to‘xtatish shartlarini muhokama qilish imkonsiz ekanligini ma’lum qildi.
U bu haqda Madagaskarga tashrifi paytida LCI telekanali efirida gapirdi.
"Rossiya Kiyevga hujum qilishni davom ettirar ekan, Ukrainadan biron-bir shartga rozi bo‘lishini talab qilish mumkin emas. Vaqtinchalik tinchlik - bu zarur bo‘lgan birinchi qadam. Qolgan barcha narsa tinchlik muzokaralari bo‘lib, unda harbiy, hududiy va xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqiladi," - deb ta’kidladi Fransiya rahbari.
Makron Ukrainaning Amerika kelishuv shartlarini rad etishi go‘yo AQSh prezidenti Donald Trampning g‘azabini keltirgani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, u Tramp bilan shaxsan vaziyatni muhokama qilganini va bunday fikrlarni adolatsiz deb hisoblaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "AQShning g‘azabi Ukrainaga emas, balki Rossiyaga qaratilishi kerak".