Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Makkada sarmoyalarga imkon yaratildi

 Makkada sarmoyalarga imkon yaratildi

Saudiya Arabistoni, xorijiy investorlar Makkada va Madinada ko‘chmas mulk loyihalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega ekanligini e’lon qildi. Bu qaror global kapitalni jalb qilish va mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlashga qaratilgan.

Qirollikning Kapital bozorini boshqarish komissiyasiga ko‘ra, yangi qoidalar xorijliklarga muqaddas shaharlarda ko‘chmas mulkka egalik qiluvchi kompaniyalarga sarmoya kiritishga ruxsat beradi. Biroq, xorijiy egalik ulushi 49% bilan cheklangan va faqat Saudiya fond birjasida kotirovka qilinayotgan kompaniyalarning aksiyalari orqali yoki konvertasiya qilinadigan qarz instrumentlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Bu qadam Saudiya Arabistonining iqtisodiyotini diversifikasiya qilishga qaratilgan Vision 2030 strategiyasining bir qismi bo‘ldi. Mamlakat neft eksportiga tayanadi, ammo qirollik rahbarlari turizmni rivojlantirish va investisiyalarni jalb qilish orqali yangi iqtisodiy sohalarni rivojlantirishni maqsad qilgan.

Makka, har yili millionlab musulmon ziyoratchilarini qabul qiluvchi shahar, hozirda faol rivojlanmoqda. Maqsad — 2030 yilga borib, ziyoratchilar sonini 30 millionga etkazish. Masar loyihasi doirasida, davlatning Investisiya fondi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihada shaharda 40 ming yangi mehmonxona xonasi qurilishi rejalashtirilgan.

2019 yilda Haj va Umra ziyoratlari Saudiya Arabistonining budjetiga 12 milliard dollar daromad keltirdi. Shu bilan birga, din bilan bog‘liq sabablar tufayli, no-musulmonlarga muqaddas shaharlarga kirish taqiqlangan.

Saudiya Arabistoni, Yaqin Sharqning eng yirik iqtisodiyoti va eng yirik neft eksportchisi, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi baholashicha, qirollikka budjetni muvozanatlashtirish uchun neft narxi barreliga 96 dollar bo‘lishi kerak, bu esa hozirgi narx darajalaridan ancha yuqori. Shu sababli, Riyod yangi daromad manbalarini izlamoqda.

Shu bilan birga, qirollik o‘zining investisiyalarini ichki bozorga yo‘naltirmoqda. Saudiya Investisiya Fondi xarajatlari 2024 yilda 37% ga kamaydi va bu OAE va ularning Mubadala fondiga dunyodagi eng faol suveren fond unvonini yo‘qotishiga olib keldi.

Xorijiy sarmoyalar cheklangan bo‘lsada, Saudiya Arabistoni o‘z qarzlariga katta qiziqish uyg‘otmoqda. 2024 yilda qirollik $17 milliard miqdorida xalqaro obligasiyalarni chiqarib, $30 milliardga teng arizalarni qabul qildi. Bu uni rivojlanayotgan bozorlar orasida Ruminiyadan keyin ikkinchi o‘ringa olib chiqdi.

Kiritildi: 01:55 29.01.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!